«iqtisodiy o‘sish» tegli maqolalar


O‘zbekistonda 2023-yilda iqtisodiy o‘sish 6 foizni tashkil etdi
16 yanvar 2024, 11:23

O‘zbekistonda 2023-yilda iqtisodiy o‘sish 6 foizni tashkil etdi

Shavkat Mirziyoyev raisligidagi yig‘ilishda 2023-yilda iqtisodiy o‘sish 6 foizni tashkil qilgani ma’lum qilindi.

O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sishi 2023-yilda 5,5 foizni tashkil etdi — Jahon banki
9 yanvar 2024, 22:23

O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sishi 2023-yilda 5,5 foizni tashkil etdi — Jahon banki

Jahon banki O‘zbekistonning 2023-yildagi iqtisodiy o‘sishini 5,5 foizga baholadi. Joriy va kelgusi yilda YIM o‘sishi bir xil darajada saqlanib qolishi prognoz qilinmoqda. Umuman olganda, Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasida o‘sish tezlashdi, ammo Rossiyaning Ukrainaga bosqini hamon o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda.

Markaziy Osiyo iqtisodiyotlarining o‘sishi Rossiyadagi tiklanishga bog‘liq — Jahon banki
28 dekabr 2023, 11:20

Markaziy Osiyo iqtisodiyotlarining o‘sishi Rossiyadagi tiklanishga bog‘liq — Jahon banki

Jahon banki o‘zining yangi hisobotida Markaziy Osiyo iqtisodiyotlarining o‘sishi Rossiya iqtisodiyoti tiklanishiga bog‘liq ekani, uzoq muddatli istiqbolda esa eng muhim omillardan biri iqlim o‘zgarishiga moslashish bo‘lishini qayd etdi.

O‘zbekiston hukumati 2023-yilda YAIM o‘sishi kamida 5,6 foiz bo‘lishini kutmoqda
19 oktabr 2023, 21:56

O‘zbekiston hukumati 2023-yilda YAIM o‘sishi kamida 5,6 foiz bo‘lishini kutmoqda

Yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston iqtisodiyoti 5,8 foizga o‘sdi. Prezident ishtirokidagi yig‘ilishda yil yakunlari bo‘yicha YAIM o‘sishi kamida 5,6 foiz bo‘lishi kutilayotgani aytildi. Shavkat Mirziyoyev 2024-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturni puxta ishlab chiqish bo‘yicha topshiriq berdi.

O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatmayotgan korxonalar ulushi 27 foizni tashkil etdi
21 iyun 2023, 16:00

O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatmayotgan korxonalar ulushi 27 foizni tashkil etdi

O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatmayotgan korxona va tashkilotlarning umumiy korxonalar sonidagi ulushi 27 foizni tashkil etdi. Ro‘yxatdan o‘tgan kichik tadbirkorlik subyektlarining esa 30 foizi ishlamayapti. 2022-yilda bu ko‘rsatkichlar mos ravishda 6 va 7 foizni tashkil etgan.

JSTga qo‘shilmagan mamlakatlarning import bojlari rejimi ma’muriy jihatdan foydasiz — Berlin Economics maslahatchisi
21 iyun 2023, 12:50

JSTga qo‘shilmagan mamlakatlarning import bojlari rejimi ma’muriy jihatdan foydasiz — Berlin Economics maslahatchisi

Berlin Economics mustaqil konsalting kompaniyasi maslahatchisi Veronika Movchan JSTga qo‘shilmagan mamlakatlarning import bojlari rejimiga ega bo‘lishi ma’muriy jihatdan foydasiz ekanini ta’kidladi. Bojlar 80 foizga kamaytirilsa, YAIMning har yili 0,4% ko‘proq o‘sishi ta’minlanadi, dedi ekspert.

OTB O‘zbekistonda 2023 va 2024-yillardagi iqtisodiy o‘sish 5 foiz bo‘lishini prognoz qildi
6 aprel 2023, 18:07

OTB O‘zbekistonda 2023 va 2024-yillardagi iqtisodiy o‘sish 5 foiz bo‘lishini prognoz qildi

Osiyo taraqqiyot banki 2023 va 2024-yillarda O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sish 5 foizgacha pasayishini prognoz qilmoqda. Xatarlar Rossiyaga qarshi davom etayotgan sanksiyalar va ularning O‘zbekiston eksportining tashqi talabga ta’siri ko‘rinishida saqlanib qolmoqda, deyiladi hisobotda.

O‘zbekistonda 2023 yilda yalpi ichki mahsulotning o‘sishi 4,5−5 foizni tashkil etadi
26 yanvar 2023, 17:25

O‘zbekistonda 2023 yilda yalpi ichki mahsulotning o‘sishi 4,5−5 foizni tashkil etadi

Markaziy bank 2023 yil oxirigacha mamlakat iqtisodiyoti 4,5−5% darajasida o‘sishini prognoz qilmoqda. Kutilayotgan inflyatsiya darajasi esa 8,5−9,5% bo‘ladi. Bu yil pul-kredit siyosatining ta’sir doirasi bazaviy inflyatsiyaning o‘sish dinamikasi hamda tashqi iqtisodiy sharoitlardagi xatarlar sabab qisqarishi mumkin.

Jahon banki O‘zbekiston iqtisodiyotining 2023 yilda o‘sish prognozini o‘zgarishsiz qoldirdi
11 yanvar 2023, 22:16

Jahon banki O‘zbekiston iqtisodiyotining 2023 yilda o‘sish prognozini o‘zgarishsiz qoldirdi

2022 yilda O‘zbekiston YAIM o‘sishi, Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, 5,7 foizni tashkil etdi. JBning 2023 yil uchun mamlakat prognozi o‘zgarishsiz qoldi — 4,9 foiz. Markaziy Osiyo uchun savdo yo‘llarining o‘zgarishi Ukrainadagi urushning salbiy oqibatlarini qisman yumshatishi mumkin, deb hisoblaydi bank.

2022-yilda YAIM 5,77 foizga o‘sishi prognoz qilinmoqda
30 avgust 2022, 12:55

2022-yilda YAIM 5,77 foizga o‘sishi prognoz qilinmoqda

2022-yil uchun yalpi ichki mahsulotning real o‘sish sur’ati 5,77 foiz darajasida prognoz qilinmoqda. Uchinchi chorakda YAIMning taxminiy haftalik ijobiy tendensiyalari o‘sish sur’atini yiliga kamida 0,68 foizga oshirishi kutilmoqda.

Xalqaro valyuta jamg‘armasi O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sish prognozlarini 3−4 foizgacha pasaytirdi
14 aprel 2022, 09:22

Xalqaro valyuta jamg‘armasi O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sish prognozlarini 3−4 foizgacha pasaytirdi

XVJ Ukrainadagi urushning salbiy oqibatlari ta’sirini hisobga olgan holda, 2022 yilda O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sish prognozlarini 6 foizdan 3−4 foizgacha pasaytirganini ma’lum qildi. Shuningdek, joriy operatsiyalar hisobi defitsiti YAIMga nisbatan 9,5 foizgacha o‘sishi, inflyatsiya ko‘rsatkichi 12 foiz darajasida saqlanib qolishi prognoz qilinmoqda.

Omikron, inflyatsiya, oziq-ovqat narxlari va Xitoy — Bloomberg 2022 yil iqtisodiy o‘sish uchun eng yirik xatarlarni ma’lum qildi
17 dekabr 2021, 12:44

Omikron, inflyatsiya, oziq-ovqat narxlari va Xitoy — Bloomberg 2022 yil iqtisodiy o‘sish uchun eng yirik xatarlarni ma’lum qildi

Bloomberg tahlillariga ko‘ra, 2022 yilda iqtisodiy o‘sish uchun eng yirik xavf-xatarlar — omikron, keskin inflyatsiya, AQSh Federal rezerv banki asosiy stavkalarining o‘sishi, Xitoyning tanazzul yoqasidagi gigant kompaniyasi Evergrande, Tayvan, rivojlanayotgan bozorlar inqirozi, Brexit muzokaralari, yevrozona inqirozi, Yaqin Sharqdagi oziq-ovqat narxlarining ko‘tarilishi bo‘lishi mumkin.

Frensis Fukuyama O‘zbekiston va mamlakatlar qanday qilib farovonlikka erishishi haqida
12 avgust 2021, 10:22

Frensis Fukuyama O‘zbekiston va mamlakatlar qanday qilib farovonlikka erishishi haqida

Stenford universiteti professori Frensis Fukuyama «Hoshimov Iqtisodiyoti» loyihasining mehmoni bo‘lib, O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sishi, Markaziy Osiyo davlatlari taraqqiyotiga nima to‘siq bo‘lishi, iqtisodiy o‘sish va demokratiya o‘rtasidagi bog‘liqlik, taraqqiyot uchun zarur omillar haqida fikr bildirdi. «Gazeta.uz» ushbu suhbatdan ayrim qismlarini taqdim etadi.

J. P. Morgan O‘zbekiston iqtisodiyoti 2021 yilda 8,1 foizga o‘sishini prognoz qildi
8 iyul 2021, 18:59

J. P. Morgan O‘zbekiston iqtisodiyoti 2021 yilda 8,1 foizga o‘sishini prognoz qildi

J. P. Morgan investitsiya banki 2021 yilda O‘zbekiston iqtisodiyotining 8,1 foizga o‘sishini prognoz qilmoqda. Mamlakat bozorlarni liberallashtirish, keng miqyosli xususiylashtirish orqali iqtisodiyotdagi davlat ulushni qisqartirish kabi islohotlar arafasida turibdi. Shu bilan birga, xususiylashtirishning xatarlardan kafolatlanmagani qayd etildi.

O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sish yanada pasayishi kutilmoqda — OTB
15 sentabr 2020, 14:15

O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sish yanada pasayishi kutilmoqda — OTB

Osiyo taraqqiyot banki 2020 yilda O‘zbekiston YAIM hajmi o‘sishi bo‘yicha prognozini 0,5%gacha pasaytirdi. Tashkilotning yangi hisobotiga ko‘ra, bunga COVID-19 pandemiyasi, talabning sustligi, sanoat ishlab chiqarishi va xizmatlar sohasidagi pasayish sabab bo‘lmoqda. Biroq, 2021 yilda YAIM 6,5% gacha ko‘tarilishi kutilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting